UZNADA mutaxassisi tomonidan dzyudochilarimiz uchun seminar o‘tkazildi
Dzyudochilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olishdi hamda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
UZNADA mutaxassisi tomonidan dzyudochilarimiz uchun seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UZNADA) tomonidan kattalar va o‘smirlar terma jamoalarimiz dzyudochilari uchun seminar tashkil etildi.
Unda doping qoidabuzarliklarining oldini olish, taqiqlangan moddalarning yangilangan ro‘yxati, ularning sportchi sog‘lig‘i va obro‘siga yetkazadigan salbiy oqibatlari, ADAMS tizimidan to‘g‘ri foydalanish haqida ma’lumot berildi.
Dzyudochilarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olishdi hamda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor