locale OZ

UzMAMF FIA Osiyo-tinch okeani kongressida ishtirok etdi

FIA ma’lumotiga ko‘ra, kongressda ishtirok etish uchun Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi federatsiyaga a’zo tashkilotlardan 120 nafar delegat ro‘yxatga olingan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UzMAMF FIA Osiyo-tinch okeani kongressida ishtirok etdi
photo: Autosport Uzbekistan

UZMAMF FIA OSIYO-TINCH OKEANI KONGRESSIDA ISHTIROK ETDI

2026-yil 29-sentabrdan 1-oktabrgacha Filippinning Borakay orolida Xalqaro avtomobil federatsiyasi — FIAning Osiyo-Tinch okeani kongressi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Filippin avtomobil assotsiatsiyasi mezbonlik qildi.

O‘ZBEKISTON MILLIY AVTOMOBIL VA MOTOTSIKL FEDERATSIYASI (UZMAMF) nomidan rais o‘rinbosari va bosh kotib Aleks Tsoy ishtirok etdi.

FIA ma’lumotiga ko‘ra, kongressda ishtirok etish uchun Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi federatsiyaga a’zo tashkilotlardan 120 nafar delegat ro‘yxatga olingan.

Dastur yo‘l harakati xavfsizligi, barqaror va barcha uchun qulay transport, turizm hamda innovatsiyalarni joriy etish masalalarini qamrab oldi. Sportga bag‘ishlangan sessiyalarda ommaviy avtosportni rivojlantirish va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga e’tibor qaratildi.

Kongress tajriba almashish, milliy tashkilotlarning muvaffaqiyatli loyihalarini muhokama qilish va mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash uchun maydon bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting