locale OZ

“UzChess Cup–2025” g‘oliblari qancha mukofot puliga ega chiqdi?

Toshkentda o‘tgan xalqaro musobaqa 121,500 dollarlik jamg‘arma bilan yodda qoldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

18–28 iyun kunlari Toshkent shahrida II an’anaviy “UzChess Cup–2025” xalqaro shaxmat turniri muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqada 16 davlatdan 170 nafar shaxmatchi qatnashdi. Bellashuvlar “Masters”, “Challenger”, “Futures” va “Open” kabi 4 toifada tashkil etildi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSh dollarini tashkil qildi. Quyida g‘olib va sovrindorlar hamda ular qo‘lga kiritgan pul mukofotlari bilan tanishing:

“Masters” guruhi:
• 1-o‘rin — GM Praggnanandhaa Rameshbabu (Hindiston) – 5.5 ochko – $20 000
• 2-o‘rin — GM Javohir Sindarov (O‘zbekiston) – 5.5 ochko – $15 000
• 3-o‘rin — GM Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 5.5 ochko – $10 000

“Challenger” guruhi:
• 1-o‘rin — GM Theodorou Nikolas (Gretsiya) – 6.5 ochko – $6 000
• 2-o‘rin — GM Muhiddin Madaminov (O‘zbekiston) – 6 ochko – $5 000
• 3-o‘rin — GM Vitaliy Sivuk (Shvetsiya) – 5.5 ochko – $4 000

“Futures” guruhi:
• 1-o‘rin — GM Saparmyrat Atabayev (Turkmaniston) – 6 ochko – $4 000
• 2-o‘rin — GM Ortiq Nighmatov (O‘zbekiston) – 5.5 ochko – $3 000
• 3-o‘rin — GM Evgeniy Alekseev (Isroil) – 5 ochko – $2 000

“Open” guruhi:
• 1-o‘rin — Behruz Umarov (O‘zbekiston) – 8 ochko – $2 500
• 2-o‘rin — Saidamin Omonov (O‘zbekiston) – 7.5 ochko – $1 000
• 3-o‘rin — Jurabek Ibodullayev (O‘zbekiston) – 7 ochko – $500

“Open” guruhidagi ayollar orasida:
• 1-o‘rin — Ruqiya Olimova – $300
• 2-o‘rin — Aziza Tursunova – $200

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting