locale OZ

UzChess Cup: Uch shaxmatchi — bir chempionlik. Barcha savollarga tay-brek javob beradi

Abdusattorov, Sindarov va Praggnanandha 5,5 ochko jamg‘ardi — g‘olibni aniqlash uchun qo‘shimcha bahslar o‘tkaziladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

27 iyun kuni poytaxtimizdagi UzChess Cup xalqaro turnirining Masters guruhida so‘nggi, 9-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bosh sovringa da’vogar Nodirbek Abdusattorov hal qiluvchi uchrashuvda oq donalarda hindistonlik grossmeyster Rameshbabu Praggnanandhaga mag‘lub bo‘ldi. Bungacha Abdusattorov 5,5 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan, Praggnanandha esa 4,5 ochko bilan uni ta’qib etayotgan edi.

Javohir Sindarov esa Parham Maqsudluga qarshi bahsni durang bilan yakunladi. Shu tariqa, 9-tur yakunlangach, Abdusattorov, Sindarov va Praggnanandha bir xil — 5,5 ochko jamg‘ardi.

Chempion va sovrindorlar aniqlanishi uchun bu shaxmatchilar o‘rtasida tay-brek uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ular birozdan so‘ng boshlanadi.

So‘nggi tur doirasida Shamsiddin Vohidov rossiyalik Yan Nepomnyashiy bilan, Nodirbek Yakubboev esa Richard Rapport bilan durangga imzo chekdi. Arjun Ergaisi va Aravindh Chithambaram o‘rtasidagi hind derbisi ham muvozanatda yakunlandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting