locale OZ

UzChess Cup: Superturda o'zbek \"klassiko\" va barcha guruhlarda 2-tur natijalari

Poytaxtdagi nufuzli turnir dunyo yulduzlarini jamladi — Abdusattorov va Sindarov to'qnashuvi markaziy voqeaga aylandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida mukofot jamg'armasi 105 000 AQSH dollariga teng bo'lgan nufuzli UzChess Cup turniri qizg'in tus olmoqda. Ikkinchi bor o'tkazilayotgan ushbu turnir Masters, Challengers va Futures guruhlariga ajratilgan holda tashkil etilgan.

Kuchlilar to'plangan Masters guruhida rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, Hindiston shaxmat yulduzlari — Aravindh Chithambaram, Rameshbabu Praggnanandhaa va Arjun Erigaisi, shuningdek, eronlik Parham Maqsoodlu hamda O'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va Shamsiddin Vohidov o'zaro bahs olib borishmoqda.

2-tur doirasida esa milliy shaxmatimiz uchun o'ziga xos “klassiko” — Abdusattorov va Sindarov o'rtasidagi uchrashuv alohida e'tiborga sazovor bo'ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting