locale OZ

UzChess Cup: Abdusattorov va Sindarov g‘alaba qozondi, 5-tur natijalari e’lon qilindi

Toshkentdagi nufuzli turnirda 105 ming dollarlik mukofot jamg‘armasi uchun kurash qizg‘in tus olmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida bo‘lib o‘tayotgan UzChess Cup musobaqasining 5-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 105 000 AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega ushbu nufuzli turnir Masters, Challengers va Futures guruhlarida tashkil etilgan.

Masters guruhida jahon shaxmat yulduzlari qatorida rossiyalik Yan Nepomnyashiy, hind grossmeysterlari Aravindh Chithambaram, Praggnanandhaa, Arjun Erigaisi, eronlik Parham Maqsoodlu, vengriyalik Richard Rapport va o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev hamda Shamsiddin Vohidov ishtirok etmoqda.

5-turda Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Aravindhni mag‘lub etib, live reytingda 6-o‘ringa chiqdi va jahon chempioni Gukesh Dommarajuni ortda qoldirdi. Javohir Sindarov esa Richard Rapport ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Parham Maqsoodlu Praggnanandha qarshi uchrashuvda katta iroda ko‘rsatib, mag‘lubiyat xavfi ostida qolgan o‘yinda g‘alaba qozondi.

Yan Nepomnyashiy uchun turnir omadsiz kechmoqda — u bu turda Nodirbek Yakubboevga qarshi durang o‘ynadi. Shamsiddin Vohidov esa Arjun Erigaisiga yutqazdi.

Challengers guruhida 5-tur barcha o‘yinlari durang bilan yakunlandi. Gulruhbegim Tohirjonova peshqadam Teodoroudan ochko oldi. Madaminov va Suyarov o‘rtasidagi o‘zbek derbisida ham tenglik qayd etildi. Jahongir Vohidov xitoylik Ma Kun bilan o‘yinda durangga rozi bo‘ldi.

Futures guruhining 4-turida Saidakbar Saydaliev Klementiy Sichevga yutqazdi. Humoyun Begmuratov Saparmyrat Atabaev bilan durang o‘ynadi. Abdimalik Abdisalimovga mag‘lub bo‘lgan Ortiq Nighmatov esa shunga qaramay peshqadamligni saqlab qoldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting