locale OZ

UzChess Cup: Abdusattorov – Nepomniyashiy bilan durang, derbilarda tenglik, 8-tur yakunlari

Jahon shaxmat yulduzlari qatnashgan musobaqaning sakkizinchi turida kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Poytaxtimizda o'tayotgan, mukofot jamg'armasi 105 ming AQSh dollari bo'lgan nufuzli UzChess Cup xalqaro turnirida 8-tur bellashuvlari yakunlandi. Musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida tashkil etilgan bo'lib, har bir bosqichda dunyo va mahalliy shaxmat yulduzlari ishtirok etmoqda.

Masters guruhi:
Ushbu guruhda jahon chempioni Yan Nepomniyashiy, hindistonlik grossmeysterlar Aravindh Chithambaram, Pragnanandhaa, Arjun Ergaisi, eronlik Parham Maqsudlu, vengriyalik Richard Rapport hamda o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va Shamsiddin Vohidov ishtirok etmoqda.

8-tur natijalariga ko'ra:
Abdusattorov – Nepomniyashiy uchrashuvida durang qayd etildi
Sindarov – Yakubboev derbisi ham murosa bilan yakunlandi
Vohidov esa Maqsudluga qarshi uchrashuvda ochko bo'lishdi
Pragnanandhaa hind derbisida Ergaisini mag'lub etdi

Challengers guruhi:
Nikolas Teodorou o'z pozitsiyasini yo'qotdi — u Vasiliy Ivanchukka mag'lub bo'ldi
Muhammadzohid Suyarov kuchli raqib — Nijat Abasovni yutdi
Muhiddin Madaminov va Gulruhbegim Tohirjonova bahsi durang bilan yakunlandi
Vitaliy Sivuk — Jahongir Vohidov ustidan g'alaba qozondi

Futures guruhi:
Ortiq Nighmatov Saidakbar Saydalievga mag'lub bo'lib, ketma-ket ikkinchi yutqazishini qayd etdi
Saparmirat Atabayev — Robert Rakni mag'lub etdi
Abdimalik Abdisalimov Klementiy Sichevga yutqazdi
Humoyun Begmuratov va Alan Pichot uchrashuvida durang natija qayd etildi

UzChess Cup musobaqasining keyingi turlari shaxmat ishqibozlarini yanada qiziqarli bellashuvlar bilan kutmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting