locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

UzChess Cup: Abdusattorov asosiy raqib bilan durang o‘ynadi, Sindarov mag‘lub bo‘ldi, 4-tur yakunlari

Yangi tur kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi — Nodirbek, Sindarov va Yakubboev ochko yo‘qotdi, Ivanchuk mag‘lub bo‘ldi
Boshqa sport turlari 23 iyn 2025 da 05:25
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida UzChess Cup xalqaro turniri yuqori saviyada davom etmoqda. 105 000 AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida tashkil etilmoqda. Turnirda FIDE Circuit uchun muhim reyting ochkolari ham o‘ynalmoqda.

Masters guruhi
4-tur doirasida O‘zbekistonning peshqadam grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov qora donalarda o‘zining asosiy raqiblaridan biri — hindistonlik Arjun Ergaiga qarshi durang qayd etdi.

Yana bir kuchli shaxmatchimiz Javohir Sindarov kutilmaganda Rameshbabu Pragnanandhaga yutqazib qo‘ydi.
Nodirbek Yakubboev esa eronlik Parham Maqsoodluga mag‘lub bo‘ldi.
Shamsiddin Vohidov esa Richard Rapportga qarshi bellashuvda durangga erishdi.

Challengers guruhi
Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Gulruhbegim Tohirjonova xitoylik Ma Kungga qarshi o‘yinda durangga erishdi.
Muhiddin Madaminov esa peshqadamlk uchun kechgan bahsda gretsiyalik Nikolas Teodorouga yutqazdi.
Jahongir Vohidov esa tajribali ukrainalik grossmeyster Vasiliy Ivanchukni mag‘lub etdi — bu turning eng yorqin natijalaridan biri bo‘ldi.
Muhammadzohid Suyarov va Vitaliy Sivuk o‘rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Futures guruhi
Yosh shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda Saidakbar Saydaliev oq donalarda Alan Pichotni mag‘lub etdi.
Humoyun Begmuratov — Klementiy Sichyov uchrashuvi durang bilan yakunlandi.
Ortiq Nighmatov g‘alabali seriyasini davom ettirib, bu turda Robert Rakni mag‘lub etdi.
Abdimalik Abdisalimov esa bu turda Bolgariya vakili Boris Chatalbashevga imkoniyatni boy berdi.

UzChess Cup turnirining keyingi turlari ham qizg‘in va dramatik bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting