locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

UzChess Cup: 5-tur uchrashuvlari start oldi

Abdusattorov peshqadamlikni saqlab qolish uchun hind grossmeysteriga qarshi saf tuzmoqda
Boshqa sport turlari 23 iyn 2025 da 07:52
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Olamsport.uz

Toshkent shahrida o'tkazilayotgan UzChess Cup xalqaro shaxmat turnirida 5-tur bahslari boshlandi. Musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida tashkil etilgan.

Masters guruhida 3 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov ushbu turda 1,5 ochkoga ega bo'lgan hindistonlik Aravindh Chittambaramga qarshi oq donalarda harakat qilyapti. Qo'shimcha ko'rsatkichlar asosida 2-o'rinni egallab turgan Rameshbabu Praggnanandhaa esa Eron vakili Parham Maqsudlu bilan taqdiriga oydinlik kiritmoqda.

Javohir Sindarov vengriyalik grossmeyster Richard Rapportga qarshi o'yin olib borayotgan bo'lsa, Nodirbek Yakubboev jahon chempioni Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suryapti. Shamsiddin Vohidov esa Arjun Erigaissiga qarshi o'yinda qatnashmoqda.

Masters – 5-tur juftliklari:
• Parham Maqsudlu — R. Praggnanandhaa
• Ya. Nepomnyashiy — N. Yakubboev
• N. Abdusattorov — A. Chittambaram
• Sh. Vohidov — A. Erigaissi
• J. Sindarov — R. Rapport

Challengers guruhida 3,5 ochkodan jamg'argan Nikolas Teodorou (Gretsiya) va Endryu Hong (AQSh) yetakchilik qilmoqda. Muhiddin Madaminov 2,5 ochko bilan ularning ortidan bormoqda. 5-turda u Muhammadzohid Suyarovga qarshi shaxmat taxtasiga chiqdi. Gulruhbegim Tohirjonova esa peshqadam Teodorouga qarshi oq donalarda o'ynamoqda.

Challengers – 5-tur juftliklari:
• V. Sivuk — E. Hong
• M. Madaminov — M. Suyarov
• G. Tohirjonova — N. Teodorou
• J. Vohidov — Ma Kun
• N. Abasov — V. Ivanchuk

Futures guruhida Ortiq Nighmatov 3,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Bu turda u Abdumalik Abdisalimovga qarshi qora donalarda harakat qilyapti. Turkmanistonlik Saparmurat Atabaev esa Humoyun Begmuratov bilan o'yin o'tkazmoqda.

Futures – 5-tur juftliklari:
• K. Sichev — S. Saydaliev
• S. Atabaev — H. Begmuratov
• R. Rak — Ye. Alekseev
• A. Abdisalimov — O. Nighmatov
• A. Pichot — B. Chatalbashev

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting