locale OZ

UzChess Cup: 27 iyun kuni chempionlar aniqlanadi!

Uch guruhda ham o‘zbekistonlik shaxmatchilar chempionlik uchun jiddiy kurash olib boryapti
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Poytaxtimizda o‘tayotgan nufuzli UzChess Cup xalqaro shaxmat turnirida hal qiluvchi — 9-tur bellashuvlari boshlandi. Musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida o‘tkazilmoqda va har uchala guruhda ham yurtdoshlarimiz chempionlik sari yaqin turibdi.

Masters guruhi:

Ayni vaqtda Nodirbek Abdusattorov 5,5 ochko bilan peshqadam sifatida Rameshbabu Praggannandha'ga qarshi oq donalarda bahs olib bormoqda. Raqibi 4,5 ochko bilan 3-o‘rinda turibdi.
Javohir Sindarov 5 ochko bilan 2-o‘rinni egallab, bugun Parham Maqsoodlu'ga qarshi o‘ynayapti.
Qolgan uchrashuvlar:
• Shamsiddin Vohidov vs Yan Nepomnyashiy
• Nodirbek Yakubboev vs Richard Rapport
• Arjun Ergaisi vs Aravindh Chitambaram

Challengers guruhi:

Gretsiyalik Nikolas Theodorou kechagi mag‘lubiyatga qaramay 5,5 ochko bilan peshqadam. U bugun xitoylik Ma Kunga qarshi o‘ynayapti.
O‘zbekistonlik Muhiddin Madaminov 5 ochko bilan 2-o‘rinda va Jahongir Vohidovga qarshi derbini olib bormoqda.
Shuningdek:
• Gulruhbegim Tohirjonova vs Endryu Hong
• Muhammadzohid Suyarov vs Vasiliy Ivanchuk

Futures guruhi:

Besh ochkodan jamg‘argan Evgeniy Alekseev (Isroil) va Saparmirat Atabayev (Turkmaniston) guruh peshqadamlari.
Ortiq Nighmatov 4,5 ochko bilan 3-o‘rinda. U so‘nggi turda Alekseevga qarshi hal qiluvchi bahs olib bormoqda.
Shuningdek:
• Abdumalik Abdisalimov vs Saparmirat Atabayev

Bugungi 9-tur natijalari UzChess Cup chempionlarini aniqlaydi. Yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting