locale OZ

UzChess Cup: 24 iyun Nodirbeklar to‘qnash keladi, 6-tur juftliklari va jadvalar e’lon qilindi

Abdusattorov va Yakubboev o‘zaro bellashadi, Sindarov kuchli raqibga qarshi taxtaga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkentda davom etayotgan UzChess Cup turnirida bugun 6-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida bo‘lib o‘tmoqda. Masters guruhida 4 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Nodirbek Abdusattorov bugun 2 ochko to‘plagan Nodirbek Yakubboevga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. Kechagi g‘alabadan so‘ng 3,5 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan eronlik Parham Maqsudlu jahon chempioni Yan Nepomnyashchiyga qarshi bellashadi.

Javohir Sindarov 5-turdagi muvaffaqiyatdan so‘ng bu safar dunyo reytingida beshinchi o‘rinda turuvchi Arjun Ergaisi'ga qarshi taxtaga chiqadi. Shuningdek, Rameshbabu Praggnaanandhaa Richard Rapport bilan, Shamsiddin Vohidov esa Aravindh Chithambaramga qarshi o‘ynaydi.

Masters guruhi. 6-tur juftliklari:
• Rameshbabu Praggnaanandhaa — Richard Rapport
• Arjun Ergaisi — Javohir Sindarov
• Aravindh Chithambaram — Shamsiddin Vohidov
• Nodirbek Yakubboev — Nodirbek Abdusattorov
• Parham Maqsudlu — Yan Nepomnyashchiy

Challengers guruhida 5-turdan so‘ng Nikolas Teodorou (Gretsiya) va Hong Endryu (AQSH) pog‘ona boshida turishmoqda — har ikkisida 4 ochkodan. Muhiddin Madaminov 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallamoqda. Jahongir Vohidov va Vitaliy Sivuk hisobida 2,5 ochko bor.

Bugungi turda Madaminov Sivuk bilan, Tohirjonova esa o‘zbekistonlik Suyarov bilan derbida to‘qnash keladi. Teodorou Jahongir Vohidovga qarshi o‘ynaydi.

Challengers guruhi. 6-tur juftliklari:
• Endryu Hong — Vasiliy Ivanchuk
• Ma Kun — Nijat Abasov
• Nikolas Teodorou — Jahongir Vohidov
• Muhammadzohid Suyarov — Gulruhbegim Tohirjonova
• Vitaliy Sivuk — Muhiddin Madaminov

Futures guruhida 3,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Ortiq Nighmatov bugun Alan Pichot bilan bellashadi. Kechagi mag‘lubiyatga qaramay, u jadvaldagi yetakchilikni saqlab qolgan. Saparmurat Atabaev (3 ochko) esa Klementiy Sichevga qarshi o‘ynaydi.

Futures guruhi. 6-tur juftliklari:
• Saidakbar Saydaliev — Boris Chatalbashev
• Ortiq Nighmatov — Alan Pichot
• Evgeniy Alekseev — Abdimalik Abdisalimov
• Humoyun Begmuratov — Robert Rak
• Klementiy Sichev — Saparmurat Atabaev

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting