UzChess Cup 2025: Toshkentda elita grossmeysterlar to‘plangan nufuzli turnir start olmoqda


Bugun, 19 iyun kuni Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida jahon shaxmatining eng sara yulduzlari to‘plangan UzChess Cup 2025 turniri boshlanadi. Ikkinchi bor tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 105 000 AQSH dollarini tashkil etib, uch toifada — Masters, Challengers va Futures guruhlarida o‘tkaziladi.
Eng kuchli grossmeysterlar ishtirok etadigan Masters guruhida rossiyalik sobiq jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik mashhur shaxmatchilar Aravindh Chithambaram, Rameshbabu Praggnanandhaa va Arjun Erigaisi, Eron vakili Parham Maqsoodlu, shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va Shamsiddin Vohidov g‘alaba uchun kurash olib borishadi.
UzChess Cup nafaqat yurtimiz, balki xalqaro shaxmat sahnasida ham tobora nufuz qozonayotgan musobaqalardan biriga aylanmoqda.


Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19