UzChess Cup 2025: Poytaxtda katta shaxmat bayrami start oldi


Toshkentdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida umumiy mukofot jamg‘armasi 105 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi xalqaro va nufuzli UzChess Cup 2025 turniri boshlandi. Musobaqa Masters, Challengers va Futures guruhlarida tashkil etilmoqda. Kuchli shaxmatchilar to‘plangan Masters guruhida Rossiyalik jahon chempioni Yan Nepomnyashiy, hindistonlik yulduzlar Aravindh Chitambaram, Rameshbabu Praggnanandhaa, Arjun Erigaisi, eronlik Parham Maqsoodlu hamda o‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev va Shamsiddin Vohidov ham ishtirok etmoqda.
FIDE Circuit uchun muhim reyting ochkolari o‘ynalayotgan 1-turda:
• Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Shamsiddin Vohidovni mag‘lub etdi;
• Javohir Sindarov jahon chempioni Yan Nepomnyashini qora donalarda taslim etdi – bu partiya turnirning eng ko‘zga ko‘ringan voqeasi bo‘ldi;
• Nodirbek Yakubboev oq donalarda Arjun Erigaisiga yutqazdi;
• Chitambaram va Praggnanandhaa bahsi durang bilan yakunlandi.
Challengers guruhida esa:
• Gulruhbegim Tohirjonova va Jahongir Vohidov o‘rtasidagi partiya durang bilan yakunlandi;
• Muhiddin Madaminov kuchli ozarbayjonlik grossmeyster Nijat Abasovni mag‘lub etdi;
• Muhammadzohid Suyarov xitoylik Ma Kun bilan durang qayd etdi.
Futures guruhida ham qiziqarli bahslar o‘tdi:
• Humoyun Begmuratov va Ortiq Nighmatov derbisi durang bilan yakunlandi;
• Saidakbar Saydaliev ilk turda durang qayd etdi;
• Abdimalik Abdisalimov esa qora donalarda Robert Rak bilan ochkolarni bo‘lishib oldi.
UzChess Cup 2025 – nafaqat shaxmat, balki kuchli intriga va o‘zbekistonlik yulduzlar uchun xalqaro maydondagi sinov hamdir. Turnir davom etmoqda.

Futbol
Kecha da 17:12

Futbol
Kecha da 14:05

Futbol
Kecha da 11:42