Uzbekistan Judo Tour turniri yakunlandi
Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida o‘tkazilgan “Uzbekistan Judo Tour” turniri muvaffaqiyatli yakunlandi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Sh. Polvonov, Dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari Z. Qahramonov, Sport vazirligi bo'lim boshlig‘i M. Rahmatxo‘jayev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i N. Hakimov hamda mutasaddilar ishtirok etdi. Turnirda 150 nafardan ziyod sportchi qatnashdi.
Musobaqada erkaklar 66, 81, 90 kg, qizlar esa +70 kg vazn toifalarida bellashdi. Tajribali va yosh dzyudochilar yuksak mahoratini namoyon etdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist