«Uzbekistan Judo Tour» to‘rtta vaznda kuchlilarni saraladi
2025 yil hisobidan so‘nggisi hisoblangan «Uzbekistan Judo Tour» musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqa poytaxtimizning "Olimpiya" shaharchasidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan arenasida o‘tkazildi. To‘rtta vazn toifasida o‘tgan murosasiz bellashuvlar yakunida Anvarjon Ibrohimov (-66 kg), Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (-73 kg), Amir-Said Djeyliyev (+90 kg) va Irisxon Qurbonboyeva chempionlik shohsupasiga ko‘tarildi.
Toshkent viloyati terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Buxorolik dzyudochilar 1 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, 1 tadan oltin va bronza medaliga ega chiqqan Xorazm viloyati kuchli uchlikka yasab berdi.