locale OZ

Uychi tumani sportchilari Jahon chempionatida munosib natijalarni qayd etdilar

Uychi tumani sportchilari xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, belbog‘li kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etmoqdalar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Uychi tumani sportchilari Jahon chempionatida munosib natijalarni qayd etdilar
photo: Kurash Uzbekistan

Uychi tumani sportchilari Jahon chempionatida munosib natijalarni qayd etdilar

Uychi tumani sportchilari xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, belbog‘li kurash bo‘yicha nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etmoqdalar.

2026 yil 27–30 avgust kunlari Qirg‘iziston Respublikasida erkaklar va ayollar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Uychi tumani sportchilari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

1-o‘rin. Oltin medal sohiblari:
Obidxon Ibragimov — 57 kg;
Abdulahad Nosirov — 62 kg;
Sardorbek Sodiqjonov — 82 kg.

2-o‘rin. Kumush medal sohiblari:
Hasanboy Irayimov — 57 kg;
Asadbek Mamataliyev — 62 kg;
Iroda Qosimova — 66 kg.

3-o‘rin. Bronza medal sohiblari:
Zeboxon Nosirova — 76 kg;
Murodjon Hamidov — 75 kg;
Azimjon Yuldashev — +100 kg.

Shuningdek, 31 avgust–6 sentyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan Butunjahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida Uychi tumani sportchisi Jamoliddin Ne’matullayev 60 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egalladi.

Yoshlar o‘rtasida ham munosib natijalar qayd etildi. Joriy yilning 9–11 iyun kunlari Farg‘ona shahrida 2009–2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatda Uychi tumani sportchilari quyidagi natijalarni qayd etdilar:

1-o‘rin. Temurbek Ne’matullayev — 1-o‘rin, 55 kg;
2-o‘rin. Ilyosxon Abdulxodiyev — 2-o‘rin, +95 kg;
3-o‘rin. Maftuna Rustamova — 3-o‘rin, 63 kg;
3-o‘rin. Isoxon Muhammadaliyev — 3-o‘rin, 45 kg;
3-o‘rin. Hasanboy Rahimjonov — 3-o‘rin, 50 kg.

Ushbu natijalar Uychi tumanida sportga, ayniqsa, belbog‘li kurashga bo‘lgan e’tibor va yosh sportchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘z samarasini berayotganini ko‘rsatadi.

Bugun "Yoshlar kuni"da g‘olib va sovrindor sportchilar tuman hokimligi tomonidan munosib taqdirlandilar.

Sportchi yoshlarimiz, ularning ustoz-murabbiylarini ushbu yuksak natijalar bilan muborakbod etamiz! Ularning xalqaro maydonlardagi yutuqlari yosh avlod uchun munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting