Uta Abe Diyora Keldiyorovaga «chaqiriq» tashladi
Joriy yilda Diyora Keldiyorova sportdan vaqtincha tanaffus olishi aniq, chunki u yaqin kunlarda ona bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, yaponiyalik Uta Abe Parij-2024 musobaqasining ikkinchi davrasida aynan Keldiyorovadan mag‘lub bo‘lgandi. Bu mag‘lubiyat uni hanuz tashvishlantirayotgani yaqqol sezilmoqda.
Ikki kun avval Vengriyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Abe beshinchi bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng u intervyuda o‘z alamini yashirmadi:
“Olimpiadadan ancha vaqt o‘tdi, lekin men o‘shanda medalni juda ham xohlagandim. Keldiyorovaning bu chempionatda qatnashmaganidan afsuslandim. Umid qilamanki, u qaytadi. Shunda men undan revanш olaman”, — dedi Uta Abe.
Diyora Keldiyorovaning yaqinda ona bo‘lishini inobatga olsak, uning 2026 yilda tatamiga qaytishi qiyin. Ehtimol, u 2027 yilning o‘rtalarida Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga tayyorgarlikni boshlaydi.
