Usmon Nurmagomedovning navbatdagi janggi tasdiqlandi
Amerikaning PFL promousheni 7 fevral kuni Dubayda (BAA) o‘tkaziladigan jang kechasini e’lon qildi. Asosiy bahsda yengil vazn (70 kg gacha) chempioni, hali mag‘lubiyatga uchramagan rossiyalik Usmon Nurmagomedov britaniyalik Alfi Devisga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Alfi Devis — 33 yoshda. Britaniyalik jangchi 2014 yilda professional MMAda debyut qilgan, 2024 yildan beri PFLda ishtirok etadi. Uning so‘nggi jangi avgust oyida bo‘lib o‘tgan va u rossiyalik Gadji Rabadanovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, Gran-pri g‘olibi bo‘lgan.
Usmon Nurmagomedov — 27 yoshda. Rossiyalik jangchi 2017 yilda professional MMAda debyut qilgan, 2024 yilda PFLga qo‘shilgan. Uning so‘nggi jangi oktabr oyida irlandiyalik Pol Hyuzga qarshi revansh bahsi bo‘lgan va unda Usmon ochkolar hisobiga koʻra zafar quchgan.