Urganchda U-16 Oʻzbekiston kubogiga start berildi
Chim ustida xokkey boʻyicha yoshlar musobaqasi 11–16 avgust kunlari boʻlib oʻtmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
11 avgust kuni Xorazm viloyati, Urganch shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida chim ustida xokkey boʻyicha 16 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boshlandi.
Musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etmoqda. Ular kubok uchun kurash olib borib, oʻz mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida chim ustida xokkeyni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularni kelgusidagi respublika hamda xalqaro musobaqalarga tayyorlashdan iborat.
Bellashuvlarni Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshligʻi N.Jumaniyazova kuzatib bordi va ishtirokchilarga omad tiladi.
Bakradze Iman
Redaktor