locale OZ

Urganch shahrida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Urganch shahrida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Urganch shahrining “Yangi O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabida zamonaviy streetbol va workout maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Tashabbusli sport” elektron platformasi orqali aholining ko‘pchilik ovozi asosida tanlab olingan mazkur loyiha Sport vazirligi tomonidan qurib, foydalanishga topshirildi.

Yangi sport maydonchasi mahalla yoshlari, o‘quvchilar hamda maktab jamoasi uchun katta tuhfa bo‘lib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishi va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati Sport boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda shahar hokimligi vakillari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting