locale OZ

Urganch davlat pedagogika institutida sport oyligi doirasida bellashuvlar o'tmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Urganch davlat pedagogika institutida sport oyligi munosabati bilan turli yo'nalishlarda musobaqalar tashkil etilmoqda. Kuni kecha o‘qituvchilar, texnik xodimlar va talabalar ishtirokida navbatdagi bellashuvlar o‘tkazildi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 2025 yil may oyi mamlakat bo‘ylab “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida sport oyligi deb e'lon qilingan. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashdir. Shu bilan birga, bu kabi tadbirlar jamoaviy ishlash va hamjihatlik ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Bellashuvlar doirasida ishtirokchilar voleybol, armrestling, arqon tortish, badminton, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Musobaqalarda Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Olimov, Xorazm viloyat sport boshqarmasi rahbari Nodira Jumaniyozova hamda institut rektori Feruza Madrahimova ishtirok etdi. Ular yoshlar bilan suhbatlashib, musobaqalar qatnashchilarini qo‘llab-quvvatladi. Tadbir yakunida g‘oliblar taqdirlandi, deya xabar beradi institut matbuot xizmati.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting