Universiada–2025: Dzyudochilarimiz musobaqani boshlaydi
Bugun, 23 iyul kuni Germaniyaning Reyn-Rur shahrida o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida dzyudo musobaqalari start oladi. Bellashuvlar soat 12:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasidan 4 nafar dzyudochi musobaqaning birinchi kunida tatamiga chiqib, medallar uchun kurashni boshlaydi. Talaba-sportchilar o‘rtasidagi bu nufuzli musobaqa ular uchun xalqaro tajriba jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kun bahslarida qatnashadigan dzyudochilarimiz:
• 48 kg: Laziza Haydarova — Erika Ortega (Ekvador) / Rishita Kareliya (Hindiston)
• 52 kg: So‘g‘diyona Rafqatova — Buketnur Karanbulut (Turkiya)
• 57 kg: Shukurjon Aminova — Tegshjargal Tsogjargal (Mo‘g‘uliston) / Nusa Perovnik (Sloveniya)
• 60 kg: Anvarjon Ibrohimov — Brayan Rivera (Ekvador) / Elio Bellan (Livan)
Dzyudochilarimizga omad va g‘alaba tilaymiz!