locale OZ

Universiada-2025. Dzyudo musobaqasining Respublika final bosqichi o‘tkazildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Universiada-2025. Dzyudo musobaqasining Respublika final bosqichi o‘tkazildi
PHOTO: Telegram

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi "Universiada-2025" musobaqasining dzyudo bahslari Respublika final bosqichiga mezbonlik qildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalaridan saralanib kelgan jami 274 nafar talaba-sportchilar ishtirok etdi. O‘g‘il bolalar va qizlar 7 tadan vazn toifasida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Buxoro viloyati dzyudochilari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Mezbonlar Surxondaryo viloyati talabalari ikkinchi o‘rinni band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Toshkent viloyati jamoasi yakun yasab berdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting