locale OZ

Universiada–2025: 27 nafar o‘zbekistonlik sportchi musobaqalarda bahs olib boradi

Yozgi Universiadaning yettinchi kunida vatandoshlarimiz 5 ta sport turida qatnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Bugun, 23 iyul kuni Germaniyaning Reyn-Rur mintaqasidagi bir necha shaharlarda Butunjahon yozgi Universiadaning yettinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida 27 nafar sportchi 5 ta yo‘nalishdagi musobaqalarda ishtirok etadi. Ular quyidagi sport turlari bo‘yicha tatami, trek, basseyn va kamondan otish maydoniga chiqishadi:

23 iyul, dastur:
• 12:00 — Suzish (ayollar, 400 m, erkin usul, saralash): Anastasiya Zelinskaya
• 12:00 dan — Dzyudo (erkaklar, 60 kg, 1/8 final): Anvarjon Ibrohimov
• 12:00 dan — Dzyudo (ayollar, 52 kg, 1/16 final): So‘g‘diyona Rafgatova
• 12:00 dan — Dzyudo (ayollar, 48 kg, 1/8 final): Laziza Haydarova
• 12:00 dan — Dzyudo (ayollar, 57 kg, 1/8 final): Shukurjon Aminova
• 12:10 dan keyin — Kamondan otish (erkaklar, yakkalik, saralash): O‘tkirjon Hoshimov
• 13:00 — Taekvondo (erkaklar, jamoaviy, 1/8 final): Shohjahon Ahmedov, Umidjon Turobov, Marat Mavlonov
• 13:00 dan — Yengil atletika (ayollar, ko‘pkurash): O‘g‘iloy Norboeva
• 13:25 dan keyin — Suzish (aralash estafeta, 4×100 m, saralash): Eldorbek Usmonov, Mixail Kleshko, Abdulaziz Abdumajidov, Iskandar Sadullayev
• 13:30 — Taekvondo (ayollar, jamoaviy, 1/8 final): Laylo Zayniddinova, Zuhra Tojimatova, Iroda Mirtojieva
• 15:30 — Taekvondo (aralash jamoaviy, 1/8 final): Najmiddin Qosimxojiyev, Shohjahon Karimboev, Diyora Azizova, Madina Mirabzalova
• 17:40 dan keyin — Kamondan otish (ayollar, yakkalik, saralash): Ziyodaxon Abdusattorova, Jasmina Nurmanova, Diana Fatixova
• 22:05 dan boshlab — Kamondan otish (ayollar, jamoaviy, saralash): Ziyodaxon Abdusattorova, Jasmina Nurmanova, Diana Fatixova

O‘zbek sportchilariga omad tilaymiz!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting