Universiada-2025: Qurbonovning bronza medali O‘zbekistonni yettinchi o‘ringa olib chiqdi
Delegatsiyamiz 7 ta medal bilan Ukraina bilan birga reytingda yettinchi pog‘onada
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
20 iyul kuni Germaniyada o‘tayotgan Yozgi Butunjahon Universiadaning to‘rtinchi kuni bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Kun yakunlariga ko‘ra, taekvondochi Shamsiddin Qurbonov (–58 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz umumiy hisobda 7 ta medalga ega:
2 ta oltin
3 ta kumush
2 ta bronza
Qo‘lga kiritilgan ushbu natijalar orqali O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingda Ukraina bilan tenglashib, 7-o‘rinni egallab turibdi.

Bakradze Iman
Redaktor