Universiada-2025: 22 iyul kuni 15 nafar o‘zbekistonlik sportchi medal uchun kurash olib boradi
Bugun, 22 iyul kuni Germaniyaning turli shaharlarida Butunjahon yozgi Universiadaning oltinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda yurtdoshlarimiz sharafini 15 nafar sportchi besh yo‘nalishda himoya qiladi.
O‘zbekistonlik sportchilarning to‘liq ro‘yxati va start vaqti:
12:00
• Stol tennisi (1/32 final)
• Shohrux Iskandarov (erkaklar)
• Marhabo Magdiyeva (ayollar)
• Taekvondo
• Shohjahon Ahmedov (63 kg, 1/32 final)
• Shohjahon Karimboev (87 kg, 1/16 final)
• Laylo Zayniddinova (53 kg, 1/16 final)
• Kamondan otish (saralash)
• O‘tkirjon Hoshimov
12:20
• Suzish (50 m, erkin usul, saralash)
• Mixail Kleshko
• Eldorbek Usmonov
13:00
• Gimnastika (erkaklar, saralash)
• Abdulaziz Mirvaliev (erkin mashq, tayinib sakrash)
• Ravshan Komiljonov (erkin mashq, dastakli ot)
18:00
• Kamondan otish (ayollar, saralash)
• Ziyodaxon Abdusattorova
• Jasmina Nurmanova
• Diana Fatixova
22:00
• Suzish (100 m batterflyay, final)
• Eldorbek Usmonov
22:05
• Kamondan otish (ayollar jamoaviy, 1/12 bosqich)
• Ziyodaxon Abdusattorova
• Jasmina Nurmanova
• Diana Fatixova
O‘zbekiston delegatsiyasiga omad va yangi medallar tilaymiz!