Unifight jahon chempionati – 2025 musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Mazkur yirik chempionatda 17 ta davlat vakillari ishtirok etib, o‘zaro mahorat va kuchlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Urganch shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida universal jang turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Unifight jahon chempionati – 2025 musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yirik chempionatda 17 ta davlat vakillari ishtirok etib, o‘zaro mahorat va kuchlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar. Ularning safida O‘zbekiston sportchilari ham musobaqaning ilk kunlaridanoq yuqori tayyorgarlik va mahoratlarini namoyon etishmoqda.
Ochilish marosimida musobaqaning rasmiy mehmonlari, sport tashkilotlari vakillari hamda mutasaddilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida sportchilar ishtirokidagi ilk bellashuvlarda muvaffaqiyatga erishgan g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist