Umida Omonova Jahon kubogidagi yurishini 1/8 finalda yakunladi
Xitoylik Lei Tinjega qarshi bahsda mag'lub bo'lgan hamyurtimiz musobaqani muvaffaqiyatli natija bilan yakunladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida FIDE Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Umida Omonova 1/8 finalda xitoylik Lei Tinjega qarshi ikkinchi partiyani o‘tkazdi. Ushbu bellashuv durang bilan yakunlandi, biroq birinchi partiyadagi mag‘lubiyat tufayli hisob 1,5 : 0,5 ko‘rinishida raqib foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Umida Omonova musobaqadagi ishtirokini to‘xtatdi. Shunga qaramay, u past reytingga ega bo‘lsa-da, 1/8 finalgacha yetib kelib, yaxshi natija qayd etdi.
Bundan tashqari, hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatli ishtirok orqali 9500 AQSh dollari mukofot puliga sazovor bo‘ldi.
Bakradze Iman
Redaktor