Umida Omonova ayollar o‘rtasidagi xalqaro grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor bo‘ldi
O‘zbek shaxmatida xushxabarlar davom etadi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Terma jamoamizning iqtidorli va mehnatkash a’zosi — Umida Omonova endilikda rasman ayollar o‘rtasidagi xalqaro grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor bo‘ldi!
Umida WGM unvoni uchun zarur bo‘lgan normani avvalroq muvaffaqiyatli bajargan, shuningdek, reytingini 2300+ darajaga yetkazgani bois, bu unvon allaqachon 2025-yil noyabr oyida Linaresdagi FIDE Women’s World Team Championship 2025 musobaqasi vaqtida berilgani aniq bo'lgan edi.Endilikda esa bu xabar FIDE tomonidan rasman tasdiqlandi.
Umidani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelajakda yanada yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor