locale OZ

Umar Nurmagomedov UFC’ga Ramazon oyidan oldin qaytishi mumkin

Bu haqda uning akasi, PFL chempioni Usman Nurmagomedov Kamil Gadjievga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Umar Nurmagomedov UFC’ga Ramazon oyidan oldin qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

UFC’ning yengil vazn toifasidagi jangchisi Umar Nurmagomedov navbatdagi jangini Ramazon oyidan oldin o‘tkazishi mumkin. Bu haqda uning akasi, PFL chempioni Usman Nurmagomedov Kamil Gadjievga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Umar zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘tgan va uning sog‘lig‘ida jiddiy muammo aniqlanmagan. Usman Nurmagomedovning aytishicha, ukasining hozirgi holati oktagonga qaytish imkonini beradi va u Ramazondan oldin istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Umar so‘nggi bor 29-avgust kuni Shanxayda bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night turnirida Song Yadongga qarshi oktagonga chiqqan. Jang ikkinchi raundning 1:48 daqiqasida yakunlangan va xitoylik sportchi nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedovning professional MMA’dagi rekordi hozirda 20 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatni tashkil etadi. U UFC reytingida yengil vazn toifasining yuqori pog‘onalaridan birida qolmoqda va faoliyati davomida 7 ta jangni sabmishen, 2 tasini esa nokaut orqali yakunlagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting