Umar Kremlyov rahbarligidagi IBA qo‘lqopsiz janglar Ligasini ishga tushirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: olamsport.uz
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov va qo‘lqopsiz janglar sohasida mashhur tashkilotchi Alfredo Auditore ushbu yo‘nalishda yangi Liga tashkil etilganini ma’lum qilishdi.
Bu haqda Kremlyov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
“Sizlar bilan xushxabar ulashaman. Biz IBA Bare Knuckle nomli yangi yo‘nalishni boshlayapmiz. Bu loyiha doirasida qo‘lqopsiz janglar uchun maxsus maydon yaratiladi”, — dedi Kremlyov.
Auditore esa shunday izoh berdi: “Bu — juda yuqori darajadagi musobaqalar bo‘ladi. Biz boshqalar amalga oshira olmagan janglarni tashkil etamiz”.
Bakradze Iman
Redaktor