locale OZ

Ulug‘bek Yangiboyev: \"Jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ulug‘bek Yangiboyev: "Jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 18 — 22-iyun kunlari Jizzax shahrida oliy liga yo‘llanmasi uchun o‘tish turniri tashkillashtiriladi.

Mazkur musobaqa oldidan ishtirokchilardan biri bo‘lgan Qoraqalpog‘istonning “Pantera” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Yangiboyev bilan bog‘lanib, fikrlari bilan qiziqdik.

"Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘tish turniriga jamoam juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Barchasi rejadagidek ketmoqda.

Jamoa oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Buni uddalay olishimizga ishonamiz.

Raqiblarni hurmat qilamiz, lekin biz o‘z o‘yinimizga tayangan holda uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz hamda ijobiy natijaga erishishni niyat qilganmiz. Chiroyli futbol namoyish qilishga harakat qilamiz. Kim kuchliroq bo‘lsa, g‘alaba o‘sha jamoaga nasib qiladi".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting