Uljon Amriyeva jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Ostona shahri mezbonlik qilayotgan para dzyudo bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabar! Bundan biroz avval ayollar o‘rtasida J1 klassida (ko‘zi ojizlar) -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Uljon Amriyeva final bahsini yakunladi. Ahamiyatlisi, iste’dodli sportchimiz oltin medal uchun kechgan kurashda braziliyalik Silva Larissaga qarshi tatamiga chiqdi va ippon bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Ta’kidlash lozimki, Uljon Amriyeva ushbu g‘alabasi orqali jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi!
Uljon Amriyevani mazkur tarixiy g‘alaba bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi oilasi nomidan samimiy muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor