locale OZ

Ulan-Bator Grand Slam: O‘zbekistonlik dzyudochilar raqiblari bilan tanishdi

25 iyul kuni Mo‘g‘uliston poytaxtida nufuzli xalqaro turnir boshlanadi — musobaqada 12 nafar yurtdoshimiz ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Bugun, 25 iyul kuni Ulan-Batorda mavsumning eng nufuzli dzyudo musobaqalaridan biri — Ulaanbaatar Grand Slam start oladi.

Bu turnirda 28 davlatdan 236 nafar dzyudochi (142 erkak va 94 ayol) to‘rt qit'ani namoyonda qilib ishtirok etadi. Musobaqaning jami mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroga teng. Biroq ishtirokchilar uchun asosiy maqsad — Olimpiya o‘yinlariga yo‘l ochadigan reyting ochkolarini qo‘lga kiritish.

Kechagi qur'a tashlash marosimida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi raqiblari bilan tanishishdi. Jami 12 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqishga tayyor.

Qizlar:
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Mishil Altanshagai (Mo‘g‘uliston)
-52 kg: Fotimaxon Tursunboeva — Glafira Borisova (IJF)
-52 kg: Mukhayyo Ahmatova — Tolg‘anay Abeuova (Qozog‘iston)
-57 kg: Nilufar Yermanbetova — Chjou Tszya (Xitoy)

O‘g‘il bolalar:
-60 kg: Doston Ruziyev — Richard Vergnes (Fransiya)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev — Bilet Erdenetsogt (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Artyom Shturbabin — Bauyrzhan Narbaev (Qozog‘iston)
-73 kg: Hojiakbar Toshev — Mate Beruashvili (Gruziya) / Lin Gaoxuei (Xitoy)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Abdul-Kerim Tasuev (IJF) / Almazjon uulu Tegin (Qirg‘iziston)
-81 kg: Amirbek Aminov — Kote Kapanadze (Gruziya)
-90 kg: Umar Bozorov — Dagvadorj Tserendulam (Mo‘g‘uliston) / Li Nam Hun (Koreya)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev — Mansur Rahmon (Tojikiston) / Hangarid Gantulga (Mo‘g‘uliston)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting