Ulan-Bator-2026 Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan kuchlilar qatorida yakunladik
Mo‘g‘uliston poytaxtida taekvondo WT bo‘yicha to‘rt kun davom etgan kattalar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida vakillarimizdan Madina Mirabzalova (-57 kg), Diyorbek To‘xliboyev (-68 kg) hamda Jasurbek Jaysunov (-80 kg) shohsupaga ko‘tarildi. Taekvondochilarimiz hisobimizga 3 ta kumush medallarni qo‘shib qo‘yishdi.
Shunday qilib, milliy terma jamoamiz bu safargi Osiyo chempionatini 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Oltin:
Ozoda Sobirjonova (-67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg).
Kumush:
Madina Mirabzalova (-57 kg)
Diyorbek To'xliboyev (-68 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Yodgorbek Jo'raboyev (-87 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Bronza:
Jahongir Xudoyberdiyev (-54 kg)
Omonjon Otajonov (-58 kg)
Nazarali Nazarov (-63 kg)
Najmiddin Qosimxojiyev (-74 kg).