locale OZ

UFF OAV xodimlari uchun akkreditatsiya jarayoni yakuniga yetmoqda

25 avgust kuni Toshkentda katta brifing o'tkaziladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

O‘zbekiston futzal federatsiyasi (UFF) 2025/2026-yilgi mavsum uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonining yakuniy bosqichiga kirdi.

Jurnalistlar, fotomuxbirlar, blogerlar va tasvirchilar uchun arizalar qabul qilish faqat bugun davom etadi. Shanba va yakshanba kunlari esa kelib tushgan murojaatlar maxsus tartib asosida ko‘rib chiqiladi. Barcha talablarga javob bergan nomzodlar mavsum davomida xizmat qilish huquqini beruvchi akkreditatsiya kartalariga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, 25 avgust kuni soat 14:00da Toshkentdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida katta brifing o‘tkaziladi. Unda UFF rahbariyati yangi mavsum oldidan rejalar va dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting