locale OZ

UFF ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib qaytdi

Ishchi guruh ushbu jamoalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFF ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib qaytdi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston futzal federatsiyasi ishchi guruhi mamlakat birinchiligi arafasida ishtirokchi jamoalarning tayyorgarlik darajasi hamda hududiy sharoitlarni o‘rganish maqsadida mamlakatimizning eng shimoliy hududlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Mazkur safar UFF prezidenti yoz oylarida Respublikamizning barcha hududlariga amalga oshirgan tashrifi hamda futzalning ommaviyligini oshirish, uni joylarda rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu tashabbus doirasida futzal jamoalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, infratuzilmani shakllantirish hamda professional jamoalarning ichki musobaqalarda muntazam ishtirokini ta’minlash vazifalari belgilangan.

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida mamlakat birinchiligida ishtirok etish istagidagi bir nechta jamoalar mavjud.

Ishchi guruh ushbu jamoalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, ularning musobaqalarda barqaror qatnashish imkoniyatlarini hamda birinchilik o‘yinlarini o‘z hududida qabul qilish sharoitlarini o‘rgandi.

Tashrif yakunida ishchi guruh shimoliy hududlarda futzalni rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar, eng muhimi, ishonch va ishtiyoq mavjudligiga amin bo‘lib qaytdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting