locale OZ

UFC yengil vazn chempioni Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum bo'lishi mumkin

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC yengil vazn chempioni Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum bo'lishi mumkin
UFC yengil vazn chempioni Islam Maxachev chempionlik kamaridan mahrum bo'lishi mumkin

Ispaniyaning ABC.es nashri xabariga ko'ra, UFC yengil vazn chempioni Islam Maxachev Iliya Topuriyaga qarshi jangdan bosh tortsa, undan chempionlik kamari olib qo'yilishi mumkin. Avvalroq rossiyalik sportchining jamoasi Topuriya bilan jangni rad etgan edi. Agar yana rad etilsa, UFC tashkiloti Maxachevni kamaridan mahrum qilib, Iliya Topuriya va braziliyalik Charlz Oliveyra o'rtasida bo'sh titul uchun jang tashkil qiladi.

Promoushen Islam Maxachevni UFC 317 turnirida ishtirok ettirishni rejalashtirmoqda. Drikus Du Plessi jarohat olgani sababli, uning Xamzat Chimaevga qarshi titul uchun jangi bekor qilindi. Endi UFC prezidenti Dana Uayt turnirning asosiy jangini munosib raqobat bilan almashtirish yo'lini izlamoqda.

Islam Maxachev — UFC yengil vazn toifasida amaldagi chempion, UFC'ning vazn toifasidan qat'i nazar yetakchi jangchisi. U jangovor samboda ikki karra Rossiya chempioni (2014, 2016), jahon chempioni (2016) va xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting