UFC sobiq jangchisi Diego Sanches 5 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
UFC faxriysi Diego Sanches 5 yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda MMA Junkie nashri xabar bermoqda.
44 yoshli amerikalik sportchi 2025 yilning iyul oyida hibsga olingan edi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u magistral yo‘ldagi YPX maskani yonidan o‘tayotib, o‘z avtomobili oynasidan o‘q uzgan. Sanches avtomobildan o‘q uzish (to‘rtinchi darajali og‘ir jinoyat) ayblovi bo‘yicha o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Qurol bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha ikkinchi ayblov esa olib tashlandi.
Prokurorlar sobiq jangchi uchun ikki yillik haqiqiy qamoq jazosini so‘ragan edi. Biroq sud besh yillik shartli jazoni lozim topdi. Sanchesning ta’kidlashicha, hodisa yuz bergan vaqtda u ruhiy muammolar va turli bog‘liqliklardan aziyat chekkan va ular bilan kurashishga harakat qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Di ego Sanches The Ultimate Fighter (2005) realiti-shousining birinchi mavsumi ishtirokchisi sifatida tanilgan. U 2005 yildan 2022 yilga qadar UFC’da 22 ta jang o‘tkazgan. Promoushendan ketganidan so‘ng, 2023 yil fevral oyida BKFC qo‘lqopsiz janglar ligasida bitta uchrashuvda qatnashdi. Sanchesning katta sportga qaytish-qaytmasligi hozircha noma’lum.