UFC. Pyotr Yan Merab Dvalishvilidan kamarni tortib oldi
Jang to‘liq davom etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
AQShning Las-Vegas shahrida yilning so‘nggi raqamli turniri – UFC 323 yakunlandi.
Turnirning markaziy jangida eng engil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvili Pyotr Yan bilan oktagonga ko‘tarildi.
To‘liq davom etgan 5 raundlik chempionlik jangida Yan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Pyotr Yan divizionda Merabning uzoq davom etgan gegemonligiga nuqta qo‘ygan holda yangi chempionga aylanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning asosiy kardidan o‘rin olgan ilk jangda o‘zbekistonlik jangchi Bogdan Guskov promoushning sobiq chempioni Polsha vakili Yan Blaxovich bilan durang qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist