UFC on ESPN 70. Derrick Lewis raqibini 38-soniyasidayoq texnik nokautga uchratdi
Bugun tongda AQShning Nashville shahri kardida 12 ta jang bo‘lgan navbatdagi UFC turniriga mezbonlik qildi.
UFC on ESPN 70 oqshomining asosiy jangi og‘ir vazn toifasida o‘tkazilib, unda kamar uchun sobiq da’vogar amerikalik Derrick Lewis braziliyalik mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi Tallison Teixeira’ni birinchi raundning 38-soniyasidayoq texnik nokautga uchratdi. Ammo hakamning erta jangni to‘xtatgani raqib murabbiylari va arenaga yig‘ilgan muxlislarning noroziliklariga sabab bo‘ldi.
Turnirning co-main event jangi yarim o‘rta vaznda UFC kamari uchun sobiq da’vogar Stiven Tompson hamda Gabriel Bonfim o‘rtasida kechdi. Uch raund to‘liq davom etgan to‘qnashuvda Stiven hakamlarning qarori bilan, ya’ni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi. Bu uning ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.