locale OZ

UFC. Nassurdin Imavov braziliyalik Caio Borralhoni mag'lub etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC. Nassurdin Imavov braziliyalik Caio Borralhoni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Parijda (Fransiya) MMA bo‘yicha UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida UFC reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan fransiyalik Nassurdin Imavov 7-pog‘onadagi braziliyalik sportchi Caio Borralho bilan to‘qnash keldi.

5 raundlik asosiy jang to‘liq davom etdi. Hakamlarning yakdil qarori bilan bahsda Imavov g‘olib deb topildi.

Bu Nassurdin uchun ketma-ket beshinchi g‘alabaga aylandi. Borralho esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting