UFC Fight Night 265. Sarukyan va Xuker oʻrtasidagi jang ikkinchi raundda yakunlandi
Armanistonlik jangchi Arman Sarukyan Doha (Qatar) mezbonlik qilgan UFC Fight Night 265 turnirida yangi zelandiyalik Den Xuker ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi.
Yengil vazn toifasida tashkil etilgan jangning ikkinchi raundida Sarukyan raqibini «sabmishen» usuli bilan taslim etdi.
Birinchi raund teng kurashda kechdi — Xuker masofadan ishlashga harakat qildi, Sarukyan esa klinchda ustunlikka erishib, jangni parterga o‘tkaza oldi.
Ikkinchi raundga kelib, rossiyalik jangchi bo‘g‘ish usulini muvaffaqiyatli qo‘llab, raqibini taslim bo‘lishga majbur qildi.
Sarukyan (23-3) uchun bu beshinchi ketma-ket g‘alaba bo‘ldi. U 2024 yil aprelidan beri ilk bor oktagonga qaytdi. Xuker (24-13) esa o‘zining uch janglik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi.
Ushbu natijadan so‘ng Arman Sarukyan titul jangi uchun nomzodlardan biriga aylanishi mumkin.