UFC chempioni va sambo bo‘yicha jahon chempioni Islam Maxachev rasman «Samboning jahondagi elchisi» unvonini oldi
UFC chempioni va sambo bo‘yicha jahon chempioni Islam Maxachev rasman «Samboning jahondagi elchisi» unvonini oldi — va bu haqda fikrlarini bildirdi:
«Men allaqachon ancha vaqtdan beri samboning norasmiy elchisiman. Biz Fyodor Yemelyanenko va Xabib [Nurmagomedov] bilan birga ushbu sport turini namoyon qilib kelyapmiz va ko‘pchilik aynan biz sabab sambo bilan shug‘ullana boshladi. Hozir dunyoda sambo bo‘yicha juda ko‘p milliy federatsiyalar bor. Biz odamlarga bu yakkakurash nima ekanini ko‘rsatishga harakat qilamiz. MMAdagi texnikamning katta qismi — sambodan olingan usullar. Rostini aytsam, men dunyodagi eng yaxshi MMA jangchilari — sambochilar deb aytgan bo‘lardim. U yerda hammasi bor — xuddi o‘sha zarbalar, ba’zi jihatlarda esa sambo hatto qattiqroq ham».
Marosim 18 fevral kuni «Lujniki»dagi Xalqaro sambo markazida bo‘lib o‘tdi. U yerda FIAS prezidenti Vasiliy Shestakov Islamga federatsiya logotipi tushirilgan yozilgan sasbo kurtkasi topshirdi. Tashrif davomida Maxachev sambo muzeyiga ham bordi va Sambo markazining imkoniyatlari bilan tanishdi.