locale OZ

UFC chempioni jiddiy avariyaga uchradi

Hodisa oqibatida uning boshi, yelkasi va tanasining ayrim qismlarida tirnalish va shikastlanishlar paydo bo‘lgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC chempioni jiddiy avariyaga uchradi
Foto: Getty Images

UFC’ning o‘rta vazn toifasidagi chempioni Shon Striklend jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchraganini ma’lum qildi. Amerikalik jangchining aytishicha, u do‘sti boshqarayotgan yo‘ltanlamas transport vositasida ketayotganida mashina taxminan 60 milya/soat tezlikda bir necha bor ag‘darilgan. Striklend bu haqda o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.

Striklend avariya vaqtida himoya dubulg‘asini taqmaganini tan oldi. Hodisa oqibatida uning boshi, yelkasi va tanasining ayrim qismlarida tirnalish va shikastlanishlar paydo bo‘lgan. Jangchi boshi yerga urilganini ham aytgan, biroq keyinchalik umumiy ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Transport vositasini boshqargan Striklendning do‘sti esa avariyadan so‘ng qisqa muddat hushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib ketilgan. Xabarlarga ko‘ra, uning ahvoli barqaror va tiklanishi kutilmoqda. Striklendning o‘zi ham hodisadan keyin jiddiyroq tibbiy tashxis haqida ma’lumot bermagan.

Ma’lumot uchun, bu Striklendning transport bilan bog‘liq ilk jiddiy hodisasi emas. U 2018-yilda ham mototsikl avariyasiga uchrab, og‘ir jarohatlar sabab qariyb ikki yil oktagondan tashqarida qolgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting