locale OZ

UFC chempioni faoliyatini yakunlash haqida o‘ylaganini tan oldi

Amerikalik jangchi bo‘yin qismidan o‘tkazilgan operatsiya va uzoq davom etgan tiklanish jarayoni uning kelajagini so‘roq ostiga qo‘yganini tan oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
UFC chempioni faoliyatini yakunlash haqida o‘ylaganini tan oldi
Foto: Getty Images

UFC chempioni Keyla Harrison og‘ir jarohatdan keyin sportdagi faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylaganini ma’lum qildi. Amerikalik jangchi bo‘yin qismidan o‘tkazilgan operatsiya va uzoq davom etgan tiklanish jarayoni uning kelajagini so‘roq ostiga qo‘yganini tan oldi. Bu haqda Harrison Uncrowned nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Manbaga ko‘ra, sportchining bo‘yin umurtqalari bilan bog‘liq muammolari uzoq vaqtdan beri davom etgan. Jarohat kuchaygach, Harrisonning qo‘lida uvishish va kuchsizlik paydo bo‘lgan. Shifokorlar unga operatsiya o‘tkazishga qaror qilgan.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng jangchi sakkiz hafta davomida maxsus bo‘yin moslamasini taqishga majbur bo‘lgan. Harrison tiklanish jarayoni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham og‘ir kechganini bildirgan. Biroq hozir o‘zini yaxshi his qilayotganini va yana oktagonga chiqishga tayyorligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Keyla Harrison ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U noyabr oyida UFC 334 turnirida Amanda Nunesga qarshi chempionlik kamarini himoya qilishi rejalashtirilgan. Harrison ushbu jangdan keyin faoliyatini yakunlash ehtimolini ham inkor etmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting