UFC. Charlz Oliveyra Maks Holloueyni mag‘lub etib, BMF kamari sohibiga aylandi
Las-Vegasdagi muhtasham «T-Mobile» arenasida 7 martdan 8 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan UFC 326 turnirining markaziy jangida kutilmagan natija qayd etildi. Unda yengil vazn toifasining ikki yulduzi — Maks Hollouey hamda Charlz Oliveyra o‘zaro to‘qnash kelishdi.
To‘liq besh raund davom etgan murosasiz jang hakamlarning yakdil qarori bilan (50-45, 50-45, 50-45) braziliyalik sportchi foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, Charlz Oliveyra ramziy BMF kamari sohibiga aylandi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng, Oliveyraning hisobidagi g‘alabalar soni 37 taga yetdi (11 mag‘lubiyat, 1 ta jang natijasiz yakunlangan). Maks Holloueyning MMAdagi ko‘rsatkichlari esa 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat ko‘rinishini oldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sportchilar ilk bor 2015 yilning avgust oyida o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan edi. O‘shanda braziliyalik jangchi qizilo‘ngachidan olgan jarohati sabab bahsni davom ettira olmagan va Maks Hollouey birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.