locale OZ

UFC Brayan Battle bilan xayrlashdi

Amerikalik jangchi vazn muammosi va mojaro harakatlari ortidan tashkilotdan chetlatildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Amerikalik jangchi Brayan Battle (12-2-1) UFC bilan shartnomasidan mahrum bo‘ldi. Ushbu qarorga uning vazn toifasidagi muammolari va sportchiga xos bo‘lmagan harakatlari sabab bo‘ldi.

UFC 319 turnirida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang oldidan Battle o‘zbekistonlik muxlislarni haqorat qilgan. Shuningdek, u o‘rta vazn mezoniga kira olmadi. Tarozida jangchi 190 funt ko‘rsatdi — bu esa rekord darajadagi ortiqcha vazn sifatida qayd etildi. Shu bois jang bekor qilindi.

Battle’ning bu kabi holatlari ilk bor kuzatilgani yo‘q. 2023 yilda ham u Gabriel Green va Rendi Braun’ga qarshi janglar oldidan limitdan oshib ketgan edi. Shunga qaramay, o‘sha uchrashuvlarda g‘alaba qozongandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting