UFC. Aspinall va Gane o‘rtasidagi jang o‘tkazilmagan deb topiladi
Jangda kutilmagan holat yuz berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Etihad Arena majmuasi MMA bo‘yicha UFC 321 turniriga mezbonlik qildi.
Musobaqaning asosiy bellashuvi og‘ir vazn toifasining angliyalik chempioni Tom Aspinall hamda fransiyalik birinchi raqamli da’vogar Siril Gane o‘rtasida tashkil etildi.
Kutilmaganda bahs birinchi raundda nihoyasiga yetdi. Gane Aspinallning ko‘ziga barmoqlari bilan zarba berib yuborgani oqibatida Tom qariyb besh daqiqaga yaqin vaqt ichida ham o‘ziga kela olmadi. Bu holatda jang bekor qilinib, o‘tkazilmagan (No contest) deb e’lon qilindi.
Natijada chempionlik kamari esa Aspinallda qoladigan bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist