UFC 325. Volkanovski revansh jangida ham Lopesni mag'lub etib, chempionlik kamarini himoya qildi
Avstraliyaning Sidney shahrida aralash yakka kurashlar bo'yicha UFC 325 turniri bugun, 1 fevral kuni bo'lib o'tdi. Turnirning markaziy jangida UFC yarim engil vazn toifasidagi amaldagi chempion, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski reytingda ikkinchi o'rinda borayotgan braziliyalik Diego Lopesga qarshi oktagonga chiqdi. Bahs to'liq besh raund davom etdi. Yakunda Aleksandr Volkanovski hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g'alabaga erishdi.
Ma'lumot uchun, Aleksandr Volkanovskiga hozirda 37 yosh. U UFC'da 2016-yildan buyon jang qilib kelmoqda va faoliyati davomida 15 ta g'alaba hamda 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning raqibi Diego Lopes esa 31 yoshda bo'lib, UFC'dagi debyutini 2023 yilda amalga oshirgan. Braziliyalik jangchining hisobida 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.